Sunnat namozida qiroat

Assalomu alaykum! «Tahorat va namoz» nomli elektron dasturda (loiha muallifi Abu Muslim) agar kishi sunnat namoz o‘qiyotgan paytda farzga iqomat aytilsa qiroatini tezlashtirib farzga qo‘shiladi deb yozilgan. Demak, sunnat namozda ham farzdagi kabi bir xilda qiroat qilinadimi? Ya’ni sunnat namozidagi qiroat bilan farz namozidagi qiroatni qanday farqi bor? Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farz va sunnatnamozlarining qiroati bir xil bo‘lib, faqat sunnat namozlarning uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarida ham zam sura o‘qiladi. Shuningdek sunnat namozlarida jahriy (ovoz chiqarib) qiroat qilinmaydi. Namozxon peshin yoki jumaning sunnatini o‘qiyotgan payt farziga iqomat aytilsa, bir rak’at o‘qimagan bo‘lsa, namozini to‘xtatib, iqtido qiladi. Agar birinchi rak’atning ruku va sajdasini qilgan bo‘lsa, yana bir rak’at qo‘shib namozini tugatadi va jamoatga ergashadi. Agar juma namozining sunnatini o‘qib turgan payt imom xutbani boshlasa, sunnatni tugatgani afzaldir. Bu kabi noqulay ahvolga tushmaslik uchun masjidga kelgan kishi farzga iqomat aytilishiga oz fursat qolgan bo‘lsa, sunnatni boshlamay turgani yaxshidir. Peshinning farzini o‘qiganidan keyin to‘rt rak’at sunnatini ikki rak’at sunnatidan oldin o‘qiydi ("Fatovoyi Hindiya", "Maslakul muttaqin"). (Hidoyat jurnali). Vallohu a’lam! https://quran.uz/home/maqolalar/1421-maqola.html

26 May 2022, 13:15 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar