Tahoratli holda tirnoq bo‘yash

Assalomu alaykum! Barchamizga ma’lumki, tirnoqda bo‘yoq, xususan, shlak, bo‘lgan holda Namoz o‘qilmaydi, bunday holda olingan tahorat o‘tmaydi. Lekin yaqin orada bir kishidan shunday gap eshitib qoldim: Agar tahorat olgan holda shlak qildirsa, keyinchi tahoratlar ham o‘tib, namoz qabul bo‘larkan, shunday qilish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz surishtirganimizda mutaxassislarni aytishicha u lakdan ham battar ekan. Lakni atseton bilan o‘chirsa bo‘larkan, ammo shlakni chiqarsa tirnoq bilan qo‘shilib chiqarkan. Tahorat va g‘uslda tirnoqqa suv o‘tkazmasa mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 164 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar