Jannat havosi
Assalomu alaykum! Bir vaqtlar "Jannat havosi huddi bahor havosi kabidir" degan ma’lumotni o‘qiganmidim, eshitganmidim, bilmayman. Ko‘plarga aytib yurardim ekan. Haqiqatdan Jannatdagi fasllar haqida hadismi, ma’lumotmi bormi? Bo‘lsa to‘liq keltirib o‘ta olasizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo “Inson” surasida marhamat qiladi:مُتَّكِئِينَ فِيهَا عَلَى الأَرَائِكِ لا يَرَوْنَ فِيهَا شَمْسًا وَلا زَمْهَرِيرًا13. U erda so‘rilarda suyangan holdalar. U erda quyoshni ham, sovuqni ham ko‘rmaslar.
Avvalgi oyatda jannatga kirganlarga beriladigan ne’matlar, bog‘u rog‘lar, ulardagi turli xil lazzatli mevalar, ko‘zni quvontiradigan ajoyib manzaralar hamda abror bandalar kiyadigan harir liboslar zikr qilingan edi. Bu oyatda jannatga kirganlar rohat-farog‘atining vasfi davom etmoqda. Ularning ajoyib so‘rilarda yonboshlab orom olishlari va jannatda ularga ozor beradigan issig‘u sovuqning yo‘qligi vasf qilinyapti. (“Tafsiri hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 145 | Hadislar