Masjid ichidagi qabr
Assalomu alaykum! Bizning tomonlardagi bir masjid ichida qabr joylashgan bo‘lib, hech kim bunga negadir biror tushuntirish bermaydiki u qabr ramziymi yoki haqiqiymi. Meni eshitishimcha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Uylaringiz va Masjidlaringizni qabristonga aylantirmang" degan hadis rivoyat qilingan emish. Ushbu hadis sahihmi? Agar sahih bo‘lsa nega bunday holatlar nazoratga olinmaydi? Ishonchli brodarlarimdan eshitishimcha bazi bir xalq ichida ilmli inson deb nom chiqargan kishilarning uyida ham qabr borligini ko‘rishgan ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tushuntirishingizni so‘rab qolardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ جُنْدُبٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَبْلَ أَنْ يَمُوتَ بِخَمْسٍ وَهُوَ يَقُولُ: إِنِّي أَبْرَأُ إِلَى اللهِ أَنْ يَكُونَ لِي مِنْكُمْ خَلِيلٌ، فَإِنَّ اللهَ تَعَالَى قَدِ اتَّخَذَنِي خَلِيلًا كَمَا اتَّخَذَ إِبْرَاهِيمَ خَلِيلًا، وَلَوْ كُنْتُ مُتَّخِذًا مِنْ أُمَّتِي خَلِيلًا لَاتَّخَذْتُ أَبَا بَكْرٍ خَلِيلًا، أَلَا وَإِنَّ مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ كَانُوا يَتَّخِذُونَ قُبُورَ أَنْبِيَائِهِمْ وَصَالِحِيهِمْ مَسَاجِدَ، أَلَا فَلَا تَتَّخِذُوا الْقُبُورَ مَسَاجِدَ، إِنِّي أَنْهَاكُمْ عَنْ ذَلِكَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالنَّسَائِيُّ Jundub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning o‘limlaridan besh kun oldin:
«Men oralaringizda xalilim borligidan Allohning huzurida o‘zimni poklayman. Chunki Alloh taolo O‘ziga xuddi Ibrohimni xalil qilganidek, meni ham xalil qilib oldi. Agar ummatimdan xalil oladigan bo‘lsam, Abu Bakrni xalil qilib olgan bo‘lar edim. Ogoh bo‘linglar, sizdan oldin o‘tganlar anbiyolari va solihlarining qabrlarini masjidlar qilib olar edilar. Ogoh bo‘linglar, qabrlarni masjid qilib olmanglar. Albatta, men sizlarni bundan qaytaraman», dedilar».
Muslim va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisda oldingi hadisdagi mavzuga e’tibor berilmoqda. Ushbu hadisdagi zikr etilgan narsalar Payg‘ambar alayhissalomning vafotlaridan besh kun oldin ta’kidlab aytgan gaplaridan biri bo‘lganligi uchun ham ular o‘ta muhimdir.
Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ummatlaridan xalillari yo‘qligi.
2. Muhammad sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning xalili ekanliklari.
3. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z ummatlaridan xalil olganlarida, hazrati Abu Bakr Siddiqni olishlari. Bu u zot roziyallohu anhuning Islom ummati ichida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan keyingi eng afzal kishi ekanliklariga dalildir.
4. Islom ummatidan oldin o‘tgan ummatlar, ya’ni yahudiy va nasorolar anbiyo va solihlarining qabrlarini masjid – ibodatxonalar qilib olganliklari.
5. Islom ummati qabrlarni masjid qilishlari mumkin emasligi. (“Hadis va Hayot” kitobidan).
Kimning uyida nima bor o‘zi biladi va o‘zi javob beradi. Mo‘minlar haqida yaxshi gumonda bo‘ling va fitnachi “birodar”laringizdan ogoh bo‘ling. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar