Bunday odamlar 100 yilda bir chiqadi degan gap

Assalomu alaykum! Ma’lumki ba’zan eshitamiz ba’zi odamlar qaysidir iqtidorli insonni "Bunday odamlar 100 yilda bir chiqadi" deb yoki shunga o‘xshash 100 ni o‘rniga ma’lum bir muddatni qo‘yib o‘sha insonni maqtashadi. Bu holat g‘aӣbga da’vo qilish bo‘lib qolmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘aybni da’vo qilish emas. عن ابي هريرة رضي الله عنه عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أنه قال: إِنَّ اللَّهَ يَبْعَثُ لِهَذِهِ الْأُمَّةِ عَلَى رَأْسِ كُلِّ مِائَةِ سَنَةٍ مَنْ يُجَدِّدُ لَهَا دِينَهَا رواه أبو داود  وصححه السخاوي في "المقاصد الحسنة  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Alloh taolo har yuz yil avvalida bu ummatga dinini yangilaydigan(dinga kirib qolgan bid’at va noto‘g‘ri tushunchalarni bartaraf qiladigan)larni yuboradi.
Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 15:32 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar