Namozim mukamal bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men bir hatoga yo‘l qo‘ydim shunga yuragim g‘ash bo‘lyapti menga g‘usl olish farz bo‘ldi va men g‘usl oldumu lekin bir pasdan so‘ng og‘iz va burnimni yumaganligimga amin bo‘ldimda so‘ngra taxorat olib peshin namozini o‘qidim meni o‘ylantirayotgan savol g‘usl menga farz bo‘lgandan so‘ng mukammal g‘usl olmadim va so‘ngra taxorat olib namoz o‘qidim shu qilgan ishim maqulmi yoki boshqatan g‘usl olib namoz o‘qiymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘uslda og‘iz burun qolib ketgan bo‘lsa, keyin tahoratda og‘iz burunni chayish bilan g‘usldagi kamchilik ado bo‘ladi. Qayta g‘usl qilishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar