Foissiz kredit
Assalomu alaykum! “One Million Uzbek Soders” bitiruvchilari uskunalar xarid qilish uchun foizsiz kredit olishlari mumkin! Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi yangi qaroriga ko‘ra, endilikda IT Parkʼning “One Million Uzbek Soders” kurslari bitiruvchilari bundan buyon yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat dasturini amalga oshirish maqsadida uskunalar xarid qilish uchun foizsiz kredit olishlari mumkin bo‘ladi. Shu munosabat bilan Aloqabank, Mikrokreditbank, Xalq bank kabi banklarda foizsiz kredit olish tartibi belgilandi. Kompyuterlar sotib olish uchun iste’mol kreditlari joriy FBM (asosiy hisob-kitob qiymati) ning 25 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi, bu ayni paytda 6 750 000 so‘mni tashkil etadi. Kredit 2 yil muddatga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi. Asosiy qarz qarz oluvchi tomonidan to‘lanadi. """ manashundan foydalanish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Davlat pul berib foiz olmasa, joiz. Ammo asli foizi bo‘lsa va uni boshqa taraf to‘lasa, olmang. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 213 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Davlat pul berib foiz olmasa, joiz. Ammo asli foizi bo‘lsa va uni boshqa taraf to‘lasa, olmang. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 213 | Turli savollar