Zapravkadagi yolg‘on

Assalomu alaykum! Men zapravkada ishliman. Bizdan bir xil klentla firmani moshinalari masalan 80 benzin quyib 92 benzinga chek chiqartirip qogan pulini opketadi. Bu ishini man xarom deb o‘ylavoman. Va o‘sha pulidan azgina tashap ham ketadi. Buni operatorga aytsam qo‘yuvur ula rozi bo‘p tashap ketadi dib aytdi, lekin bo‘tta yolg‘on ishlatilvoti. Shunga hukmi nima bo‘ladi?  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hukmi harom. Ularni harom ishlariga sizlar ham tenma teng sheriksizlar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar