Sankt-Peterburg shaxrida namoz vaqti
Assalomu alaykum! Men Rossiyaning Sankt-Peterburg shaxridaman, namozlarni www.dum-spb.ru saytidan olingan takvimga asosan o‘qiyman. Ushbu taqvim shaxarning men borgan Gorkiy va Kolomyajskiy (ikkala masjid xam Xanafiy mazxabida) masjilarida xam bor va shu taqvimga asosan o‘qiladi. Bugun kvartirada kelgan bolalar bilan birga Asr namozini o‘qimoqchi edik, ular 14.15 da azon aytib namoz boshlashmoqchi edi. Men xali vaqt bor taqvim bo‘yicha kecha 14.44 da ukilgan kecha jumadan keyin asrni masjidda ukib kelganman deb takvimni kursatdim. 1-2 dakika fark kilishi mumkin dedim. (1 kuni Yanvar oyi uchun yangi takvim xali saytga yuklanmagan edi). Keyin ular Yandeksdan uzlari ukietgan namoz vakti takvimini kursatishdi va shunga karab ukiymiz shu to‘g‘ri dedi. Men ularga men xam avval internetdagi xar xil saytlardagi va ilovalardagi namoz vaktiga karab ukiganimni va tushunmovchilik bulgani sabab Zikr axlidan surang saytiga murojaat kilib suraganimda. Yakindagi masjidga eki Peterburgning musulmonlar idorasidan surab usha takvimga asosan ukishimni maslaxat berishgan shunga amal kilaman dedim. Agar namozni vaktidan oldin ukisak kayta ukishga to‘g‘ri keladi, xoxlasanglar uzlaring ukiyotgan takvim buyicha ukiyveringlar men shaxarning musulmonlar idorasi bergan va masjidlarda ilib kuyilgani buyicha vaktda ukiyman dedim. Namozni 14.40 larda ukidik. Lekin bolalar Yandeksda kursatayotgan takvim to‘g‘ri deb bilishdi. Suramokchi bulganim mana shunday xolatlarda ixtilof kilmay Yandeksda kursatilgan takvim buyicha namozni boshlayverish kerakmi yoki xar kim uzi to‘g‘ri deb bilgan takvimga karab aloxida ukiyveoish kerakmi. (Yandeks takvimi Uzbekistonni xamma shaxarlarini xam kursatar ekan, yukoridagi vaziyatda bolalar bilan atay solishtirib kurdik. Men Uzbekistonda uz tumanimdagi asosiy bosh jome masjidi telegramm kanalida xaftada bir juma kuni yuklanadigan namoz vaktlarini onamga va oilamga yuboraman telefon orkali. Shunga Yandeks takvimini solishtirdik bomdod vakti bir soatga fark kilyapti, kolganlarida 10 minut atrofida)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytayotgan masala o‘zingizning mintaqangizga xos ekan. Bizda sizlarning huzuringizdagi namoz vaqti jadvallari va ularning tuzilish uslublari haqida ma’lumot yo‘q. Shu sababli sizniki yoki ularniki to‘g‘ri deb ayta olmaymiz. Bu masalani o‘z mintaqangizdagi ahli ilmlarga aytib, aniqlashtirganingiz ma’qul. Ma’qul bo‘lgani o‘sha joydagi masjidlarga qarab namoz o‘qinglar. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 182 | Namoz