Shubhalangan holatda ishlash

Assalomu alaykum! Men oshpaz bo‘lib ishlayman. Ish joyimni bir oshxonaga o‘zgartirgandim. Bizga olib kelinadigan go‘shtni ta’mi meni nazarimda judayam boshqa(yomon). Shuncha yil davomida ishlab kelgan bo‘lsam xam bunday go‘shtni ko‘rmaganman. To‘g‘risi bu go‘shtni haqiqatdan xam mol go‘shti ekanligiga shubxam bor(to‘g‘risi xarom qilingan xayvon go‘shti qanday bo‘lishini bilmayman. Ta’mi orqali farqladim). Oshxona egasiga aytsam xalol mol go‘shti deb xafa bo‘lib qoladi. Savolim shundan iboratki, go‘shtga bo‘lgan shubxam bo‘lsada ishlasam bo‘ladimi, gunoxkor bo‘lmaymanmi? Agar xaqiqatdan xam mol go‘shti emas harom qilingan hayvon go‘shti bo‘lsayu sotilaversa gunoxga sherik bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni aniqlang. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 11:19 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar