Qurigan najosat ustiga kiyim ilish
Assalomu alaykum! Yosh bola siyib qo‘ygan ishtonlarni ba’zida yuvmasdan batareykada quritilsa so‘ng shu batareykaga boshqa ho‘l kiyim ilinganda nopok bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Kifoya" kitobida quyidagicha berilgan.
Bir tarafida najas bor gilamning boshqa tarafida, agar siqilsa qatra tommaydigan-u, ammo najosatning bir oz ho‘li zohir bo‘lib turgan va tezak aralashgan loydan qilinib, qurib ketgan narsa ustiga ho‘l bo‘yicha qo‘yilgan kiyimda namoz o‘qisa bo‘ladi.
Bir joyida najas bor gilamning najas tegmagan erida namoz o‘qisa bo‘ladi. Bunda namoz o‘qiydigan er pok bo‘lishi e’tiborga olinadi.
Ikkinchi va uchinchi holatlarda ham najosat tarqalmagan bo‘ladi.
Agar najosat joyi esdan chiqqan bo‘lsa-yu, bir tarafi yuvilgan bo‘lsa ham joiz. Bu xuddi bug‘doyga uni tepalayotgan eshaklar bavl qilsa, uning bir qismi yuvilsa yoki ketkazib yuborilsa poklanganidek. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 164 | Tahorat