Marxumni namoz kafforati
Assalomu alaykum! 1. Marxumni namoz va ro‘za qazolari qolib ketgan bo‘lsa, oldin shularni kafforati va marxumni qarzlari to‘lanadimi yoki meros taqsimlanadimi? Umuman kafforatini vasiyat qilmagan bo‘lsa, kim to‘lashi kerak? 2. Agar marxum falon narsa falon nevaramga, kelinim, opam va hokazo deb aytib qo‘ygan bo‘lsa o‘sha odamlarga merosxo‘rlarni izni bilan beriladimi yoki qarshi bo‘lishsa xam berib yuboriladimi vasiyatga ko‘ra?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Musulmon kishining ba’zi namozlari yoki ro‘zasi qazoga qolgan bo‘lsa, kishi vafot qilishidan xavfsiralgan paytda agar qoladigan ortiqcha moli bo‘lsa, vorislariga fidya berishni vasiyat qilishi vojib. Ammo marhum vasiyat qilmagan bo‘lsa, fidya berish vorislariga vojib emas.
2). Marhumning qoldirgan mol-mulki shariat qoidalariga ko‘ra vorislarga taqsim qilinishi shart. Shar’an ulushi belgilab qo‘yilgan vorislar uchun biror narsani vasiyat qilish joiz emas.
Mayyitning (merosxo‘rlardan boshqalarga) vasiyatlari, qoldirgan merosning uchdan biri doirasida hech kimning ruxsatiga qaramay bajariladi. Ana shu vasiyatlarni mayyitni kafanlashga etarli mablag‘ni ajratib va uning zimmasidagi qarzlarni ado qilingach amalga oshiriladi. Ammo vasiyatning miqdori merosning uchdan biridan ko‘p bo‘lsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Sa’d ibn Abu Vaqqosga: «...الثُّلُثُ وَالثُّلُثُ كَثِيرٌ، إِنَّكَ إِنْ تَذَرَ وَرَثَتَكَ أَغْنِيَاءَ خَيْرٌ مِنْ أَنْ تَذَرَهُمْ عَالَةً يَتَكَفَّفُونَ النَّاسَ» «...Uchdan biri? Uchdan biri ham ko‘p. Sen merosxo‘rlaringni boy hollarida tashlab ketishing ularni odamlarga yuk bo‘lib, tilanib yuradigan qilib tashlab ketishingdan yaxshiroqdir», degan so‘zlariga ko‘ra, uchdan biridan oshgan miqdorida merosxo‘rlarning roziligini olgandan keyingina bajariladi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 180 | Boshqa ibodatlar