Savdoda kelishuv

Assalomu alaykum! Men g‘alati holga tushib qoldim. Men velosipedimni sotish uchun internetga joyladim. Bir nechta odam telefon qildi. Shulardan biri ertaga kelaman yoqsa olaman dedi va manzilimni oldi men mayli dedim. 200.000 so‘mga kelishildi. Keyin yana boshqa odam telefon qilib, hozir olib ketaman, nogironman, o‘g‘limga olib beraman deb uzoq iltimos qildi, boshqa odamga kelaman degandi sizdan avval desam, undan qanchadir pul olib qo‘ymagan bo‘lsangiz lafz hisoblanmaydi dedi. Xullas uzoq gaplashilgandan keyin mayli deb qo‘ydim, bu ham 200.000 so‘mga, kelib olib ketti. Keyin narigi odam telefon qilib vadangizni buzdingiz dedi. Kelishuvni buzdimmi, buzgan bo‘lsam endi nima qilaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalgi kishiga o‘sha buyumni sotmagan, balki sotishni va’da qilgan bo‘lsangiz, va’daga xilof ishni qilib qo‘yibsiz. Kishi bergan va’dasida turishi lozim. O‘sha insondan uzringizni qabul qilishini so‘rang. Allohga istig‘for ayting. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:08 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar