Haqiq uzugini o'lganda til tagiga qo'ysa jannatga kiradimi?

Assalamu alaykum! Bizda katta onalarimiz hajdan keltirilgan orginal haqiq uzugni o‘lgandan keyin tilni tagiga tashlasa jannatga kirar ekan deyishyabdi. Bu qanchalik to'g‘ri?


«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Bo‘lmagan gap. Agar bir narsani tilni tagiga tashlasa jannatga kiradigan bo‘lsa shuncha farz, vojib amallarni Alloh nima uchun buyurdi? Harom ishlardan nima uchun qaytardi? Bunaqa gaplarni gapirish ham unga ishonish ham jaholatdan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!



10 Fevral 2023, 00:07 | Savol-javoblar | 128 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar