Masjidda sher aytish

Assalomu alaykum! Hadisni tushuntirib bersangiz "Savbon Roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim masjidda she’r aytgan kishini ko‘rsa, Alloh tishingni sindirsin deb uch marta aytsin dedilar" Ibn Sunniy rivoyatlari Imom Navaviyning "Al-azkor" kitobidan. Meni shunday savol qiynayabdi unda masjiddagi mavlidda o‘qiladigan she’rlarchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! She’r odob-axloq va taqvoga chaqiradigan, oxiratni eslatadigan manfaatli, har qanday lag‘vdan holi bo‘lsa aytish joiz. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://islom.uz/view/sherlar-xakida

14 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar