Birovning gunohini bo‘ynimga olaman desa

Assalomu alaykum! Agar bir ishni qilayotgan inson emas boshqa yonidagi odam bu ishni gunohi menga bo‘lsin desa rostdan ham gunoh narigi odamga yoziladi degan gap bormi? Agar hadislarda kelgan bo‘lsa iltimos tushuntirib bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday bo‘lishi mumkin emas. Qilingan ishning gunohini birov o‘ziga olishi qilgan kishini o‘sha gunohdan ozod qilmaydi. Qilgan kishi baribir gunohkor bo‘ladi. “Gunoh menga” degan kishi ham aytgani gapiga yarasha jazo oladi. Alloh taolo “An’om” surasi 164-oyatida marhamat qiladi :قُلْ أَغَيْرَ اللّهِ أَبْغِي رَبًّا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَيْءٍ وَلاَ تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلاَّ عَلَيْهَا وَلاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى ثُمَّ إِلَى رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ...Hech bir yukli(gunohkor) jon boshqaning yuki(gunohi)ni ko‘tarmas(zimmasiga ololmaydi). So‘ngra qaytishingiz Robbingizgadir. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar