Ro‘zaning qazosi haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, ma’lumki ayollar 30 kunlik ro‘za davomida hayz davri hisobiga bir necha kun ro‘za tutishmaydi. 1-savolim shuning qazosini qulaylikka qarab boshqa fasllarda tutsa ham bo‘ladimi?
2) Agar mumkin bo‘lsa uning og‘iz ochish va yopish vaqti qanday belgilanadi? O‘sha fasllarning subhi sodiq va kun botishiga qarabmi yoki qoldirilgan kunlarning vaqtiga qarabmi? Javob uchun oldindan rahmat. Umringgiz ziyoda bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). O‘sha tutadigan kunlaridagi bamdodning vaqti bo‘lmasidan avval og‘izni yopib, shom vaqti kirishi bilan iftor qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:38 | Savol-javoblar | 145 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar