Qoshining o‘rtasiga nuqta qo‘yib olish
Assalomu alaykum! Bizning maktabda (ancha vaqt ilgari) ayrimlar qoshining o‘rtasiga qandaydir (dumaloq smaylklar) narsalar yopishtirib olib, hindlarga o‘xshashga xarakat qilishardi. Bir tanishim kim shunday qilsa dindan chiqadi deb aytdi. Tanishimning gapi qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolar “kimda kim o‘zga din vakillarini diniy ibodatlarini qilsa yoki o‘zga dinga e’tiqod qilsa o‘shalardan bo‘ladi” deganlar. Lekin bu ishni o‘sha vaqtda yoshligi uchun tushunmay, ba’zi filmlardagi shaxslarga taqlid qilib qilishgan bo‘ladi. Bunday kishi tushungandan keyin tavba qilishi kerak bo‘ladi. Agar tushunib, e’tiqod qilib qilsa, dindan chiqib qoladi. Daliliga quyidagi hadisni keltirishadi: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلَ يَلْبَسُ لِبْسَةَ الْمَرْأَةِ، وَالْمَرْأَةَ تَلْبَسُ لِبْسَةَ الرَّجُلِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالطَّبَرَانِيِّ: مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘xshab libos kiygan erkakni va erkaklarga o‘xshab libos kiygan ayolni la’natladilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Abu Dovud va Tabaroniy qilgan rivoyatda:
«Kim bir qavmga taqlid qilsa, u o‘shalardandir», deyilgan.
Sharh: O‘z qavmi, o‘z dini va urf-odati turib, boshqalarning turmush tarzini, kiyinish va hayotdagi boshqa narsalarini ustun qo‘yib, jon-jahdi bilan ularga o‘xshashga harakat qilish odamga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. O‘sha odam «har kimga niyatiga yarasha» qoidasiga binoan o‘zi taqlid qilgan qavmdan bo‘ladi. Kofirlarga o‘xshashni orzu qilib uringan bo‘lsa, kofirlardan bo‘ladi. Fojirlarga o‘xshashga harakat qilgan bo‘lsa, fojir bo‘ladi va hokazo...
Islom ummati Alloh taolo yuborgan ta’limotlarning eng mukammaliga, har bir zamon va har bir makonga munosib ta’limotga ravo ko‘rilgan ummatdir. Alloh taolo bu ummatni boshqa barcha ummatlar ustidan shohid qilib qo‘ygandir. Alloh taolo bu ummatga har bir narsada o‘ziga xoslikni berib qo‘ygandir. Shuning uchun ham bu ummatga o‘zidan boshqalarga o‘xshashga harakat qilish, o‘ziga Alloh taolo osmondan tushirib bergan narsani qo‘yib, boshqa millatlar erdan chiqargan narsalarga havas qilish mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.
Ko‘rib turibmizki, bunda faqat kiyim haqida emas, balki umuman tashqi qiyofani qanday tutish kerakligi haqida ham so‘z ketmoqda. Soqol-mo‘ylabni qanday qo‘yishdan tortib harom tuklarni qirishgacha, ulama sochdan tortib, tirnoqni olishgacha so‘z yuritilmoqda. Demak, tashqi qiyofa madaniyatida ham har kim o‘zligini unutmasligi kerak. Erkak kishi erkakligini, ayol kishi ayolligini. Musulmon musulmonligini.
Erkaklar ayollarni boshqalardan ajratib turadigan, ularning ayolligini bildiruvchi belgi, alomat bo‘lgan kiyimlarni kiymasligi, ayollarga xos bo‘lgan tashqi qiyofa madaniyatini o‘ziga ravo ko‘rmasligi kerak.
Xuddi shuningdek, musulmonlar boshqa millatlarga xos bo‘lgan, ularni musulmonlardan ajratib turadigan narsalarda ularga taqlid qilmasliklari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 142 | Islam