Ayb ishni yashirish

Assalomu alaykum! Musulmon kishini aybini bekitish lozim lekin u ayb ish juda katta ayb bo‘lsa va u ayb ishni bekitish orqali boshqa inson aldanib qolsa aybni berkitish joizmi? Masalan aldov yo‘li bilan aldab hozirgi qizla turmushga chiqayapti, aybini berkitib. Shunga sherik bo‘lganlarning hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lajak kelin va kuyovlar o‘zlaridagi mavjud xalqiy ayblarni aytib, narigi tarafning roziligini olib so‘ngra nikohlanishlari shart. Bu ish bilan keyinchalik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldi olinadi.
Abu Dovud, Muslim va Termiziy rivoyat qilgan hadisi sharifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim aldasa, bizdan emasdir», deb marhamat qilganlar.
 Lekin insonni nafratlantirmaydigan, uncha katta bo‘lmagan, davolash engil bo‘lgan kichik ayblarni aytmaslikning zarari yo‘q. Chunki bular tufayli er-xotin orasiga sovuqchilik tushmaydi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar