Diniy bilim uchun kitoblar

Assalomu alaykum! Ibodatni boshlaganimga chamasi 2 yil bo‘ldi. Lekin diniy bilimlarim unchalik kuchli emas. Din tarixi, saxobalar tarixi va yana boshqa diniy kitoblar o‘qimoqchiman, lekin qaysi kitobni o‘qishni yoki qaysidan boshlashni bilmayapman. Boshlamoqchi bo‘lganlar uchun qanaqa kitoblarni tavsiya qilasizlar, qaysi kitoblarni o‘qisak manfaatliroq bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh sizni salomat qilsin, O‘zining ibodatida sobitqadam qilsin. Siz Ustozimiz rohimahullohning "Hadis va Hayot"  kitoblarini boshidan o‘qishni boshlang. Unda aqiyda ham fiqh ham hadis ham siyrat ham tarix ham Qur’on ham tafsiri ham barchasi bor. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:38 | Savol-javoblar | 157 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar