Subh vaqti

Assalomu alaykum! Subh vaqti aynan qaysi vaqtga to‘g‘ri keladi? Masalan bomdod namozi masjidda 6:45da o‘qilyapti men ertalab 05:30 da turib g‘usl qilib odatim bo‘yicha g‘usldan keyin 2rakat nafl namoz o‘qidim. 5:50ga to‘g‘ri keldi. Bu vaqt makruh emasmi nafl namoz o‘qish uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bomdod namozining kirish vaqtidan keyin bomdodning 2 rakat sunnatidan boshqasini o‘qish makruh. Taqvimga qarab bomdodning kirish vaqtini bilib oling. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 183 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar