Peshin kirmasidan oldin o‘qish joizmi
Assalomu alaykum! Namoz vaqti o‘qishimning vaqti bilan teng bo‘lib qolyapti. Kechikmaslik uchun peshin kirmasidan sal oldin o‘qimoqdaman. Bu amal makrux ekanligi haqida o‘qib qolgan edim. Bizda peshin 12:37 da kirmoqda 12:45 da o‘qish. U erga 10 minutda etib boraman. 12:20 o‘tkanda o‘qiyapman namozni. Nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Bu amal makrux ekanligi haqida o‘qib qolgan edim” debsiz, bunday hukm yo‘q. Har bir namozning o‘z vaqti tayin qilingan. O‘sha vaqtida o‘qishni Alloh farz qilgan. Vaqti kirmasdan avval o‘qilgan namoz zimmadan ado bo‘lmaydi. Siz ham vaqti kirganida o‘qing. Vaqtidan oldin o‘qib qo‘ygan avvalgi namozlarni qaytadan qazosini o‘qishingiz shart. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar