Zikrlarning tartibi

Assalamu alaykum! Ustozlar zikrlar tartibini ko‘rib beringlar. Men har kuni bamdod namozidan keyin joyimdan turmasdan  Astag‘firullohni 100 marta, La illaha illallohni 100 marta Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat 100 marta, “Subhanollohi va bihamdih”ni 100 marta, “Ixlos” surasini hozircha oz-ozdan qilayapman. Alloh xohlasa buni ham 100 taga etkazaman. Mana shu zikrlarni tartibi to‘g‘rimi? Yana men mana shu zikrlarni tugatganimcha quyosh chiqadi, ikki rak’at namozni o‘qishim kerakmi? Ba’zi holarda quyosh chiqmasdan tugataman. O‘zim ishlaydigan odam bo‘lganim uchun. Iltimos agar savol noo‘rin yoki ko‘p bo‘lsa ma’zur tutasizlar. Allohim barchamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hazratning “Tasavvuf haqida tasavvur” kitoblaridagi vazifalar tartibiga qarang. Vallohu a’lam.

30 Aprel 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 192 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar