Namoz o‘qiyotganda bola kelib yopishsa

Assalomu alaykum! Namoz o‘qiyotganimda, ba’zi xolatlarda 4 yoshlar atrofidagi o‘g‘ilcham orqamdan kelib bo‘ynimga osilib oladi. Shu xolatda qiyomda xam, rukuda xam, sajdaga borganimda xam, deyarli namozni tugatgunimcha quchoqlab turaveradi. Shunday xolatda namozim buzilmaydimi yoki boshqa o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buzilmaydi. Ammo sizga yopishib turganda tagligi(pampersi) najosatdan pok bo‘lsin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar