Maxrni o‘zgartirish

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im maxrga to‘y kuni menga uzik bergan edilar. Oradan biroz o‘tib uzikni uyidagi bir odam olib qo‘ygan edi. Xo‘jayinim mayli indama man o‘zim oberaman boshqa didila. Oradan 5 yil o‘tib erim bilan xiyonat yuzasidan urishib qolib jaxlim chiqib maxrimmi bermagansiz maxrimga uy so‘riman dib ettim. Xo‘jayinim endi shu uyyi oberishilari keremi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahringizni olib bo‘lgan ekansiz. Keyinchalik uni qo‘ldan chiqaribsiz. O‘shandan boshqa narsani eringizdan talab qila olmaysiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 186 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar