Qarz olish, nafsni boshqarolmaslik
Assalomu alaykum! Akam 27 yosh oilali Xar doim qarz olib to‘lolmasdan onamdan pul oladi yoki yolg‘on aytib yuraveradi odamlarga. Yaqinda kredit olib eb yuborganidan xabar topdik. Bu summani topish uchun borimizni sotishga to‘g‘ri keladi. Xar qanday nasixat qilinmasin kor qilmaydi. Xozir akamdan shunchalik ko‘nglini qolganki, og‘ir so‘z aytib qo‘ymaslik uchun gaplashmaslikka xarakat qilyabman. Sizlardan iltimos nasixat qiling ko‘nglimdagi alanga so‘nsin, nasixat qiling akam xam biroz tiyilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz silai rahmni ushlayvering.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim odamlarning mollarini (qarzga) olib, uni ado etishni iroda qilsa, Alloh undan (yordami ila) ado etadi. Kim yo‘q qilishni niyat qilib olsa, Alloh uni yo‘q qiladi», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda qarz oluvchi qarz olayotgan paytida niyatni yaxshi qilishi lozimligi uqdirilmoqda.
Agar u niyatini yaxshi qilib, «Olgan qarzimni albatta qaytarib beraman», deb urinsa, unga bu ishda Alloh taoloning O‘zi yordamchi bo‘ladi. Ammo qarz oluvchining niyati buzuq bo‘lsa, u birovni aldab, molini eb ketish niyatida bo‘lsa, Alloh taolo uning o‘zini yo‘q qilar ekan.
Bu ulkan haqiqatni har bir qarz oluvchi yaxshi anglab etishi kerak. Tajriba ham shuni ko‘rsatadi. Musulmonlarni aldab, qarzini bermay yurganlar turli-tuman balo-ofatlarga giriftor bo‘ldilar va bo‘lmoqdalar. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar