Ota-onaga itoat qilish haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar Xazinasi" kitobida, 9-bobda shunday yozilgan: Abu Dardodan rivoyat qilinadi:" ... Ota-onangga itoat qil. Agar ular sening bu dunyodan chiqib ketishini buyursalar ham ular uchun chiq." Ushbu hadisning sharhi qanday bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunda ota-onaga itoatning zarurligini mubolag‘a tarzda aytilgan. Duyodan deganida mol dunyoingdan voz kech desalar ham kechgin degan ma’noni bildiradi. Albatta bu shariatni to‘g‘ri tushungan ota-onalarni aytganlariga tegishli. Hozirgi kundagi kelini yoqmagani uchun o‘g‘liga taloq qo‘ydirib yuborayotganlar qiyomatda javob berishadi. Farzandlar ham ota-onani gunohkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar