Prezentatsiya qilib pul olish

Assalomu alaykum! Men talabaman. Har doim universitetlarda sessiya yaqinlashgach kompyuterda tayyorlangan prezentatsiya(mustaqil ish) topshirish so‘raladi. Men prezentatsiya qila olmaydiganlarga pulga tayyorlab beraman. Ularda har xil sabab bo‘ladi(kompyuter yo‘qligi, ba‘zilari dasturni tushunmasligi). Men ularga mustaqil ish tayyorlab bersam, tayyorladi degan joyiga o‘zlarining ism-sharifini kiritib o‘taman. Ularning mustaqil ishini tayyorlab topayotgan pulim halolmi? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin, javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ma’lumotlarni o‘zi topsa va texnik manoda siz tayorlab bersangiz, joiz. Agar hammasii tayorlab bersangiz, aslo halol emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 129 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar