Sirni oshkor qilmaslik uchun jonga qasd qilish

Assalomu alaykum! Inson biror bir sirni oshkor bo‘lib qolimasligi uchun ya’ni dushmanga tiriklay qo‘lga tushmasligi uchun o‘z joniga qasd qilsa gunoxkor bo‘ladimi? Bu xolatlar vatani uchun, oilasi uchun, ayollarning or nomusini ximoya qilish uchun bo‘lgandachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har qanday holatda ham o‘z joniga qasd qilish joiz emas. عَنِ الْحَسَنِ، حَدَّثَنَا جُنْدُبُ بْنُ عَبْدِ اللهِ فِي هَذَا الْمَسْجِدِ، وَمَا نَسِينَا مُنْذُ حَدَّثَنَا، وَمَا نَخْشَى أَنْ يَكُونَ جُنْدُبٌ كَذَبَ عَلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «كَانَ فِيمَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ رَجُلٌ بِهِ جُرْحٌ، فَجَزِعَ فَأَخَذَ سِكِّينًا فَحَزَّ بِهَا يَدَهُ، فَمَا رَقَأَ الدَّمُ حَتَّى مَاتَ، قَالَ اللهُ تَعَالَى: بَادَرَنِي عَبْدِي بِنَفْسِهِ، حَرَّمْتُ عَلَيْهِ الْجَنَّةَ Hasandan rivoyat qilinadi:
«Jundub ibn Abdulloh mana bu masjidda bizga hadis aytib bergandi. U hadis aytganidan buyon unutganimiz ham yo‘q, Jundub Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qigan, deb ham qo‘rqmaymiz. U shunday degan edi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Sizlardan avvalgilar ichida bir kishi bo‘lib, uning jarohati bor edi. U betoqat bo‘lib, bir pichoqni oldi-da, u bilan qo‘lini qirqib tashladi. Natijada qoni to‘xtamay, o‘ldi. Alloh taolo: «Bandam o‘z joniga nisbatan Mendan ildamlab, shoshib qo‘ydi, unga jannatni harom qildim», dedi». (Oltin silsila kitobidan ""Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar