Qizning qulog‘ini tishlab qo‘yish

Assalomu aleykum! Ba’zi qishloqlarda qiz bolani boshqa odamga turmushga berib yubormasliklari uchun bolaligida yoki yoshligida qulog‘ini tishlatib qo‘yish odati bor. Iboratki, qiz bolani qulog‘ini qaysi yigit tishlab qo‘ygan bo‘lsa o‘sha qiz aynan shu yigitga turmushga chiqishi majburiymi? Yoki qulog‘ini br yigit tishlab qo‘ygan bo‘lsa qiz boshqa yigitga turmushga chiqishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu odatning shariatga aloqasi yo‘q. Boshqasiga turmushga chiqishi joiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 252 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar