Kelin sarpolari

Assalomu alaykum! Ustozlar, javoblaringizni oldim rahmat. Men bilaman islomda kelin uchun hamma sarpo va to‘y harajatlari  kuyov qilishi kerak.    Hozir yigit uylansa kelin tomondan kelin uchun hamma narsalari va sarpolari keladi. Agar shuni o‘zlari rozi bo‘lib olib kelsa qabul qilsa bo‘ladimi? Agar shar’an mumkin bo‘lmasa shu narsalar pulini sekin  bo‘lib-bo‘lib bersa  bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kelin o‘zi bilan olib kelgan narsalar kelinning shaxsiy mulki hisoblanadi. Bu borada ayolingiz bilan maslahatlashasiz. To‘g‘ri tushunganingiz uchun rahmat. Qancha-qancha “yigit”lar xotinining divanida, xotinining ko‘rpasida, xotini olib bergan kiyimda, hatto ichki kiyimlarigacha kiyib yurishni o‘zlariga or deb bilmayaptilar. Aksincha buni tilanyaptilar. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar