Ibodatimda hayol ketishi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Man ko‘pincha o‘zim xoxlamas ham xayol surib qolaman. Bu xol namoz o‘qivotkanimdayam bo‘p qoladi. O‘zi kam sura bilsam xam oldingi rakaatda qaysi surani o‘qiganiniyam bilmi qolaman. Ba’zida nechinchi rakaati o‘qivotkanim ham bilmi qolaman. Namozim qabul bo‘lgagan bo‘lmaganini bilsam bo‘ladimi? Bu xolatda nima qilish kerak va buni qanday davosi bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan holatning ziddini namozdagi xushu’ va xuzu’ deyiladi. Uning uch darajasi bor. Biri farz, biri mustahab uchinchisi ikkisining orasidagi holat. Namozga kirishayotgan inson qaysi namozni o‘qiyotganini bilishi xuzu’ning eng past darajasi hisoblanadi. Lekin bu darajaning topilishi farz amal hisoblanadi. Keyingisi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida aytganlaridek “Robbingni ko‘rib turganingdek idobat qilishing. Unday bo‘lolmasang, seni ko‘rib turganini xis qilib ibodat qilishing”dir. Bu mustahab bo‘lsada lekin xushu’ning eng oliy darajasidir. Inson hamma vaqt shu maqomni ko‘zlab ibodat qilishga harakat qilishi kerak. ammo bu maqom topilmasa ham farz ado bo‘laveradi. Ikkisining o‘rtasida yana bir daraja bo‘lib, har bir olimu, omiyu barchasi har namozida shu darajani topishga harakat qilishi kerak. Bu, kishi nimani o‘qiyotganini bilishi. Namozni tugatganidan so‘ng birortasi nimani o‘qiganini so‘rasa o‘ylanmasdan aytib beradigan darajada bo‘lish. Namozni ichida beixtiyor kelgan xayollar uzrli hisoblanadi, lekin qasddan yoki g‘aflat bioan xayolga berilish joiz emas. Buni yo‘qotish uchun har kuni yangi suralardan yodlab namozda o‘qishga harakat qilish kerak. Aks holda inson knopkani bossa qolganini o‘zi bajaradigan texnika kabi bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar