Qandli diabetdan vafot etish
Assalomu alaykum! Qaynotam qandli diabeti bor edi vafot etishidan oldin sog‘lom edi (kasal bo‘lib yotib qolmagan edi) saxar ishga ketayotgan paytda insult bo‘lib vafot etdi. Endi farzandlari 3 qiz 1 o‘g‘il. (O‘g‘il 8 yoshda) vafot etganidan so‘ng 3 kun aza, keyin maraka qilish lozimligini aytishdi. Yuqoridagi marosimlarni biz(quda taraf, amaki tog‘alari) tomonidan xamma xarajatlarini o‘z bo‘ynimizga olgan holda bajardik. Marosimdan so‘ng bu qilgan amallarimiz noto‘g‘riligini bu marxumning uyida xech qanday marosim bo‘lishi lozim emasligini bildirishdi. Sababi u uyda voyaga etmagan etim bola borligini aytishdi. Savolimni qisqacha mazmuni shundan iboratki 1. Shunday holat kimdadur bo‘lsa o‘sha uyda xaqiqattan xam marosim bo‘lmaydimi? Marosimni qarindoshlari qilib bersa (marxumni oilasini sarf xarajatga aralashtirmasdan hatto ishlatgan gaz svet suvini to‘lab) qilsa bo‘ladimi? 2. Agar yuqoridagi tartibta ham mumkin bo‘lmasa mani holatimda ya’ni marosimlar qilib bo‘lingan holatda gunoxkor bo‘lgan bo‘lsak gunoximizni yuvish uchun nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sizlar o‘z mablag‘ingizga qilgan bo‘lsangiz zarar qilmaydi.2). Marhumning merosxo‘rlaridan rozilik olinglar. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sizlar o‘z mablag‘ingizga qilgan bo‘lsangiz zarar qilmaydi.2). Marhumning merosxo‘rlaridan rozilik olinglar. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom