Erning imkoni bo‘lmasa ham ayoli uyiga borishi joizmi?

Assalomu alaykum. Siz "Ayol kishining haqqi" degan ruknda ayol kishini er ruxsatisiz ota-onasini ziyoratiga bir haftada bir borishi to‘g‘risidagi bir savolga javob beribsiz. Shunga aniqlik kiritmoqchiman. Men o‘zim shaharda turaman va uyimdan 30 km uzoqdan xotin olganman. Ayolimning uyiga borish uchun 2-3 transportdan foydalanish kerak va yana piyoda ham yurish kerak. 2 ta farzandimiz bor (3 yosh va 1 yosh), ikkovi ham hali o‘zini eplab olmagan. Shu sababdan ayolimni bir o‘zini farzandlarim bilan yuborgim kelmaydi (yo‘l qiyinchiligi, transportda nomahramlar va h. k.). O‘zim birga olib boray desam gohida vaqtim yo‘q, gohida sharoitim (shaxsiy ulovimda ham olib borib qo‘yish va qaytib olib kelishga kamida 10 litr benzin ketadi - 20, 000 so‘m) gohida shu pulga ham qiynalaman. Va yana har borganida nimadir ko‘tarib borish kerak. Shu sababli ayolimni uyiga borishi gohida bir oyga ham o‘tib ketadi. Savol: Mening holatimda ham, ayolim qarshiligimga qaramay uyiga bir haftada bir borishi joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Joiz.

26 May 2022, 19:32 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar