Tahoratda yaraning ustiga mash tortish

Assalomu alaykum! Tahoratda yuviladigan a’zolardan birida yara bo‘lsa va uni tahorat yo‘q paytda echib bo‘lmas qilib boylab qo‘yilgan bo‘lsa, tahorat paytida boylam ustidan mash tortish durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birinchi o‘rinda echib o‘sha joyni yuvish zarar qilmasa echib yuvish shart. Ikkinchi o‘rinda echib jarohat ustiga bint qo‘yib jarohat va suv tegsa zarar qiladigan joylarga mash tortiladi, qolgan joylarini yuviladi. Uchinchidan echib bo‘lmaydigan darajada bo‘lsa gips kabi gipsni ustidan mash tortiladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar