Ibodat to‘g‘riligi

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qiyotganmda har hil hayollar keladi va ularni ichida 3 4kundan beri meni qiynab kelayotgan masalalar echimi mushkuladan chiqish yo‘li haqida fikrlar keladi ertakka o‘xshab tuyilishi mumkin lekin haqiqatdan shu fikrni amalga oshirsam ko‘p muammolarm hal bo‘ladi shunda bu allohni menga solgan nazarimi yoki shaytonning hiylasmi namozdan chalg‘itish uchun deb o‘ylab qolaman birodarlarmga aytsam shayton namozdan chalg‘ityapti deyishyapti men namozdan muammodan chiqish uchun o‘qiyotganga o‘xshab qolmayaptmikin deb qo‘rqyapman men qanday yo‘l tutay etibor qilmay davom etaymi yoki kelgan fikrlardan foydalanaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz ichida ibodatdan boshqa narsalarni qasddan tafakkur qilishingiz namozingizning savobiga nuqson etkazadi. Xuzu’ va xushu’ ila o‘qigan ikki rakat namozingiz bu dunyo va undagi barcha narsalardan afzaldir. Dunyoning ishlarini ham bajarish kerak, lekin namozning ajrini kamaytirish evaziga emas. Kishi namozga kirishgach barcha e’tiborini ibodatga qaratishi lozim. Olamlar Robbisining huzurida tili bilan zikr, tasbehlarni aytishi, qur’on tilovat qilishi va qalbi esa dunyo matohlarida bo‘lishi mumkin emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar