Bozordagi ishchi
Assalomu alaykum! Men bozorda ishchi sifatida ishliman. Oyligim kunbay va oladiganim aniq, lekin savdo sustroq bo‘lgan payt oylikni yarim berishadi bugun kam bo‘ldi ko‘rdilaku deb. Boshqa kuni Savdo zo‘r bo‘lib ketsa qo‘shimcha pul so‘rasak kunbayga shu pulga gaplashganmiz deb turadi va savdo kam bo‘lganda kam olgan pulimizni qo‘shib ham bermaydi. Bu insonga qanday yo‘l bilan tushuntirish mumkin? Ohiratda javobgar bo‘lib qolishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdo kam bo‘lgan kuni ham yaxshi bo‘lgan kuni ham kelishilgan miqdorni berishi shart. Aks holda hadisda kelgan va’id ostiga tushadi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَالَ اللهُ تَعَالَى: ثَلَاثَةٌ أَنَا خَصْمُهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ: رَجُلٌ أَعْطَى بِي ثُمَّ غَدَرَ، وَرَجُلٌ بَاعَ حُرًّا فَأَكَلَ ثَمَنَهُ، وَرَجُلٌ اسْتَأْجَرَ أَجِيرًا فَاسْتَوْفَى مِنْهُ وَلَمْ يُعْطِهُ أَجْرَهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo: «Men qiyomat kuni uch toifaning xusumatchisi bo‘lurman: Men bilan (ahd) berib, keyin aldagan odamning, hurni sotib, bahosini egan odamning va mardikor yollab, ishlatib, haqqini bermagan odamning», dedi», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisda uch toifa eng yomon odamlar haqida so‘z bormoqda. Chunki qiyomat kuni Alloh taoloning O‘zi xusumatchi bo‘lishi engil ish emas.
1. «Men bilan (ahd) berib, keyin aldagan odamning».
O‘zaro muomalalarda ishonch katta o‘rin tutadi. Shuning uchun ham odatda sherik tarafni o‘ziga ishontirish uchun ba’zilar Alloh taoloni o‘rtaga qo‘shadilar. Alloh taoloning nomi bilan va’da beradilar. Ikkinchi tomon Alloh taoloni o‘rtaga qo‘shib gapiryapti-ku, aldamas, deb unga ishonadi, kerakli narsaga rozi bo‘ladi. Keyin esa haligi Alloh taoloning nomi bilan ahd bergan odam ahdni buzadi – ishi bitib olgandan keyin xiyonat qiladi. Bu nobakor odam rosa bopladim, qoyil qildim, deb xursand bo‘lishi ham mumkin. Lekin qiyomat kuni sharmandasi chiqadi. Qiyomat kunining egasi bo‘lmish Zot – Alloh taoloning O‘zi unga xusumatchilik qiladi.
Qiyomat kuni Alloh taolo xusumatchilar orasida hukm chiqaradi. Ammo U Zot o‘sha kuni Alloh nomi bilan ahd berib turib, keyin aldaganlarga nisbatan O‘zi xusumatchi bo‘ladi. Hukm chiqaruvchi qozining o‘zi xusumatchi bo‘lgan odamning holi qanday bo‘lishini bilib olish qiyin emas. Shuning uchun ham zinhor Allohning nomi ila ahd berib turib, aldamaslik kerak.
2. «Hurni sotib, bahosini egan odamning».
Insonga Alloh taolo tomonidan berilgan eng ulkan ne’matlardan biri hurriyatdir. Bu ne’matni undan tortib olib, uni qul qilish eng katta jinoyatlardan biridir.
Shuning uchun ham hur insonni qul qilib sotib, bahosini egan odamga Alloh taoloning O‘zi qiyomat kuni xusumatchi bo‘ladi. Bu shaklda molu mulk topish eng harom ishlardan sanaladi.
Johiliyat vaqtida bu ishni qiladigan odamlar ko‘p edi. Misol uchun, Zayd ibn Horisa, Salmon Forsiy, Suhayb Rumiy va Bilol ibn Raboh roziyallohu anhumlar hur kishilar bo‘lib, ularni mushriklar zulm ila qul qilib yuborishgan edi.
Islom qulchilikka qarshi kurash olib borish jarayonida qullarni ozod qilish uchun ko‘rgan barcha chora-tadbirlar bilan bir qatorda, hurlarni qul qilish yo‘llarini ham to‘sdi.
Ushbu hadisi sharif ham bu borada ko‘rilgan eng kuchli choralardan biridir. Hurni sotib, bahosini eganga Alloh taolo husumatchi bo‘ladi.
3. «Mardikor yollab, ishlatib, haqqini bermagan odamning».
Birovni ma’lum haq beraman, deb ishga yollab, ishlatib olgach, haqqini bermay yurgan odam ham katta gunoh qilgan, birovning haqqini egan bo‘ladi.
Avvalgi holatda insonning hurriyat haqqi poymol etilgan bo‘lsa, bu hollarda uning mehnat haqqi poymol qilinmoqda. Inson huquqlarini poymol qilgan kishiga ham Alloh taoloning O‘zi qiyomat kuni xusumatchi bo‘ladi.
Kimki qiyomat kuni Alloh taolo menga xusumatchi bo‘lmasin, desa, ishlatgan ishchisining haqqini o‘z vaqtida to‘liq bersin, mehnatkashning haqqini poymol qilmasin. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat