To‘yonani qanday bas qilsak bo‘ladi?
Assalomu alaykum! Bizda juda go‘zal bolgan odat yani to‘yona sal noto‘g‘riroq ma’noda ishlatiladi. O‘zi aslida yordam sifatida beriladigan pul qarzdak beriladigan bo‘lib qolgan. Do‘stlar va qarindoshlar orasidagi to‘yonani fiqhlarini savol-javoblarni o‘qib tushundim, Alhamdulillah. Lekin, boshqa viloyatlarda bilmadimu vodiy tarafda, nahorgi oshga(to‘y kuni) kelayotgan mehmonlar to‘y egasiga oz bo‘lsada to‘yona berib(qo‘l bilan sorashayotganda), hamma o‘zidan kelib chiqib beradi, kimlardir "kattaroq" odam bo‘lsa ko‘proq ham beradi. Bizda bu holat qandaydur ixtiyoriy holat emas balki majburiyat darajasigacha chiqqan, bermaganlar uyalib qoladi, hatto berolmasa, ’orqa’ tarafdan to‘yga kirishadi. Aksariyat beryotgan odamlarga etibor bersak, manam to‘y qilamanku qaytaradida deb beradi, nechpul berganigacha eslab hisoblab yuradiganlar ham bor. Manimcha bunga sabab, hamma berishi va bermagan odamga bazi to‘y egalari g‘alati qarashi hatto orqasidan gapirishi ham mumkinda. Buni tarixini bir odamdan eshitsam, oldinlari Marg‘ilon taqvodorlari to‘yga borishda narsa eyishini o‘ylab, u narsaga pulni egasi qaerdan topganini bilmaganligi uchun, berganimga yarasha eyman harom luqmadan saqlanay deb boshlangan ekan. Bu tarix tog‘rimi notog‘rimi bilmadimu lekin, o‘zi chiroyli bo‘lib ko‘ringan amal, orqali menimcha odamlar bir birlaridan qarz ortirib olishyapti. Shunga to‘yimni to‘yonasiz qilmoqchiman, dadamga ham aytdim rozi bo‘ldilar, lekin buni qanday qilib odamlarga tushuntirishni bilmayapmiz, to‘yga kelyotganlarga ko‘rishmasdan to‘yonasiz qilyapmiz deb tushuntirsak deb o‘ylayotgandim lekin bunda odamlar orasida fitna chiqarib qo‘ymaymanmi? Yaqinda bir domla(vodiyda) Juma xutbasida, hammaga ko‘rsatib to‘y qilib to‘y ehson qilib, yana o‘zizcha to‘yona olmaymiz deb turish boo‘lmaydi degan manodagi gaplarini eshitdim. Shundan keyin to‘yonasiz qilsam manmanlik qilgan bo‘lamanmi deb o‘ylab qoldim. Lekin savob ila to‘y qilaman deb juda ko‘p odamdan qarz ortirib olishni hohlamayman, chunki ularni to‘yiga boramanmi yo‘qmi bilmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz taklifnomaga to‘yonasiz kelishni e’lon qiling. Shunda ham bersa, olishingiz joiz. Vallohu a’lam!
28 May 2022, 16:55 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz taklifnomaga to‘yonasiz kelishni e’lon qiling. Shunda ham bersa, olishingiz joiz. Vallohu a’lam!
28 May 2022, 16:55 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar