Hamma payg‘ambarlarni payg‘ambarimiz deb aytish

Assalomu alaykum! Bilamizki Qur’oni Karimda zikr qilingan va zikr qilinmagan Payg‘ambarlar bor. Biz Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamni ko‘p bora zikr qilamiz. Bir savolim bor edi shu o‘rinda: Qolgan boshqa payg‘ambarlarni ham nomlarini zikr etib ularni ham payg‘ambarimiz deb aytsak bo‘ladimi? Masalan payg‘ambarimiz Ayub Alayhissalom deb? Payg‘ambarlar tarixi audio kitobini eshitaman unda ko‘pgina payg‘ambarlar hayoti siyratlari aytilgan. Ayub Alayhissalomni juda sabrli bo‘lganlari aytilgan bizga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari bor. Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz Allohning barcha payg‘ambarlarini payg‘ambarligiga iymon keltiramiz va payg‘ambarimiz deb tan olamiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar