Ayol kishi taloq go‘shtini esa

Assalomu alaykum! Qaynonam qonimiz ko‘payadi dib molni talog‘ini tandirda pishirib edik. Eb bo‘lganimdan keyin buvimlani gaplari esimga tushib qoldi. Unda erli ayol taloq go‘shtini eb bo‘lmaydi, esa taloq tushadi degandilar. Qaynonamga shunday disam bo‘lmagan gap, ering bilan eding xech nima qilmaydi didi. Man ikkilanib qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatan bu bo‘lmagan gap. Eringiz bilan yoki o‘zingiz yolg‘iz egan taqdiringizda ham buni eyish bilan taloq tushib qolmaydi. Asosiysi hayvon shariatga muvofiq so‘yilgan bo‘lsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 146 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar