Diskni foydalanish uchun berish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, menda Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Baxtiyor oila» nomli asarlarining MP3 diski bor. Ushbu MP3 diskdagi asarlarini yaqin do‘stimga foydalanish uchun bermoqchiman, ammo diskda «Muallif ruxsatisiz nusxa ko‘chirishning barcha turlari, iqtibos olish va sotish shar’an xarom, qonunan man etiladi» degan yozuvini o‘qib qoldim. Sizlardan iltimos yuqoridagi masalaga oydinlik kiritishda yordam bersangizlar. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Foydalanishga berib turishingiz mumkin. Lekin ko‘chirilmasin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:27 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar