Ishlovchi sherikni oylik olishi

Assalomu alaykum! Biz 3 kishi sherikmiz. 2 kishi ishlaydigan sherik 1 kishi pul tikkan sherik. Ishlovchi sheriklar o‘zlariga oylik tayinlashlari mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu muzoraba bitimi deyiladi. Hosil bo‘ladigan foydani nisbatlarda (masalan 6 dan 3 qismi Ahmadga, 6 dan 1 qismi Zaydga, 6 dan 2 qismi Umarga, kabi ) taqsimlab kelishuv tuzish lozim. Muayyan summani (har oy 1 mln so‘m kabi) belgilash joiz emas. Vallohu a’lam! Muzoraba shartlarini ushbu maqola orqali o‘rganib chiqinghttps://fiqh.uz/maqola/317

14 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar