Odamlar maymunlardan paydo bo‘lgan
Assalom alaykum! Hurmatli ustozlar, men biologiya fani bo‘yicha taxsil olaman. Ingliz olimi Charls Darvinning nazariyasiga ko‘ra, “odamlar maymunlardan paydo bo‘lgan” deyiladi. Axir Odam alayhissalom jannatdan erga tushganlarida ham odam edilarku. Iltimos Ustozlar shu haqida fikr bildirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Insoniyatning boshlanishi Odam alayhissalomdan boshlangan. U kishining yaratilishi to‘g‘risida Qur’oni Karimning bir necha o‘rinlarida zikr qilingan. “Hijr” وَلَقَدْ خَلَقْنَا الإِنسَانَ مِن صَلْصَالٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ 26. Batahqiq, insonni quruq loydan, o‘zgartirilgan qora balchiqdan yaratdik. Ushbu oyatda inson aslida loydan yaratilganiga dalil kelmoqda. Hozirgi zamon ilmi ham inson tanasida tuproqda mavjud bo‘lgan barcha moddalar borligini tasdiqladi. Bu oyatda zikr qilingan holni tafsirchi ulamolarimiz ikki xil ta’vil etganlar:
Insonni Alloh taolo balchiq – loydan yasab turib, chertsa, ovoz chiqaradigan darajada qattiq holga kelganidan keyin jon kirgizgan.
Alloh avval chertsa, ovoz chiqaradigan darajadagi qattiq tuproq – loyni olib, unga suv aralashtirgan, so‘ngra o‘zgaradigan loy qilib turib, undan odam yasagan.
Nima bo‘lganda ham, inson loydan, Alloh taolo tomonidan yasalgandir. U aslini hech qachon unutmasligi kerak. “Sod” surasida : إِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَائِكَةِ إِنِّي خَالِقٌ بَشَرًا مِن طِينٍ فَإِذَا سَوَّيْتُهُ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِي فَقَعُوا لَهُ سَاجِدِينَ
Esla, o‘shanda Robbing farishtalarga dedi: «Albatta, Men loydan bashar yaratuvchidirman.
Bas, uni rostlab, ichiga ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilib, yiqilinglar!»
Ushbu ikki oyati karimada Odamni yaratishning ma’lum va mashhur qissasi haqida so‘z bormoqda. Odamlarga o‘z asllari eslatilmoqda. Xususan, kofir va mushriklarga kim ekanliklari bildirilmoqda va qilayotgan ishlarining oqibati nima bo‘lishi bayon etilmoqda. «Esla, o‘shanda Robbing farishtalarga: «Albatta, Men loydan bashar yaratuvchidirman», – degan edi. Tuproqqa suv qo‘shib, ishlangan loydan Odamni yaratishga Allohning irodasi ketgan va bu haqda farishtalarga xabar bergan edi. Ha, inson loydan yaralgandir. Boshqa jonzotlar kabi, oddiy loydan yaratilgan. Uni o‘sha loydan boshqa barcha narsalarni ham yaratgan Zot – Alloh yasagandir. Inson qanchalik o‘zini baland tutsa ham, baribir loydan yaralgan, bir kun borib, yana loyga aylanadi. «Bas, uni rostlab, ichiga ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilib, yiqilinglar!» – degan edi». Alloh taolo so‘zida davom etib, «Ey farishtalar, Men loydan Odamning shaklini, qomatini rostlab, so‘ngra uning tanasiga ruhimdan puflaganimda, siz unga sajda qilib, yiqilinglar», – demoqda. Ha, Alloh taolo O‘z ruhidan puflagani loyni oliy maqomga ko‘tardi. Aynan ana shu ruh uni boshqa jonzotlardan ajratdi, ularning hammasidan ustun qildi. Aynan o‘sha ruh Odamga farishtalar sajda qilishlari uchun sabab bo‘ldi. فَسَجَدَ الْمَلَائِكَةُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ
Bas, farishtalar barchalari baravariga sajda qildilar.
Bu sajda ibodat sajdasi emas, balki tabrikdir. إِلَّا إِبْلِيسَ اسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنْ الْكَافِرِينَ
Faqat iblisgina mutakabbirlik qildi va kofirlardan bo‘ldi.
Allohning amriga bo‘ysunishdan bosh tortdi, Odamga sajda qilmadi. U mutakabbirlik qilib, o‘zini yuqori tutdi. Shuning uchun kofirlardan bo‘ldi. Allohning amridan bosh tortib, sajda qilmaganlar kofir bo‘ladilar. قَالَ يَا إِبْلِيسُ مَا مَنَعَكَ أَن تَسْجُدَ لِمَا خَلَقْتُ بِيَدَيَّ أَسْتَكْبَرْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ الْعَالِينَ
U Zot: «Ey iblis, O‘z qo‘lim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Mutakabbirlik qildingmi?! Yoki oliy darajalilardan bo‘ldingmi?!» – dedi.
Odam alayhissalom yaratilganidan keyin Alloh taolo O‘z qudrati ila Odam alayhissalomning qovurg‘asidan Havvo roziyallohu anhoni yaratdi va ikkisini bir-birlariga nikohladi va ulardan isonlar tarqaldi. Bu haqida Alloh taolo “Niso” surasida : يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُواْ رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَاحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالاً كَثِيرًا وَنِسَاء وَاتَّقُواْ اللّهَ الَّذِي تَسَاءلُونَ بِهِ وَالأَرْحَامَ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا
Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo‘rqinglar! U bilan o‘zaro so‘rovda bo‘ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik(aloqalari)dan qo‘rqing. Albatta, Alloh ustingizdan kuzatib turuvchidir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam :«Albatta, ayol kishi qovurg‘adan yaratilgandir. U sen uchun bir yo‘lda mustaqim turmas. Agar sen undan egriligicha huzurlansang, huzurlanib qolding. Agar uni to‘g‘rilayman desang, sindirasan. Uning sinishi talog‘idir», deyilgan. Xulosa shuki, insoniyatning boshlanishi Odam alayhissalom Havvo roziyallohu anhodan boshlangan. Inson maymundan yaralgan degan nazariya, Qur’on va hadisga qat’iy xilof bo‘lib, bunday deb e’tiqod qilish kufr hisoblanadi. Musulmon degan kishi inson yaratili borasida Darvinning ta’limotini to‘g‘ri deb e’tiqod qilsa, iymoni va nikohini yangilab olishi zarur. “Roddul muhtor”. Endi sizning savolingizga kelsak, bu borada ulamolarimizdan bir savolga berilgan javobni havola qilamiz. Savol : Hazrat, bizning aqidamiz falsafachilar aqiydasiga binoan emas. Lekin ularning kitoblarini o‘qish va o‘qitish mobaynida, ularning botil e’tiqodlari, kufr va shirk so‘zlarini ham o‘qilinadi. Maqsad ularning kim ekanligini o‘rganish va e’tirozlariga raddiyalar bildirishdan iborat. Javob : Zarurat yuzasidan biror bir dinni inkor qiluvchi yoki Islomga muxolif bo‘lgan e’tiqodli kishilarni kufr so‘zlari va aqiydalarini : “Falonchilar shunday deyishadi, ularning aqiydalari shundan iborat” deb ularning hukmlarini bayon qilish va ularning xatolarini aytish joiz. Shuningdek ulamolarimiz o‘lim bilan tahdid qilingan o‘rinlarda qalbda iymoni bo‘la turib, unda ikkilanmay, faqat tildan kufr so‘zini aytishga ijozat berishgan. Alloh taolo “Nahl” surasi 106-oyatida marhamat qiladi : مَن كَفَرَ بِاللّهِ مِن بَعْدِ إيمَانِهِ إِلاَّ مَنْ أُكْرِهَ وَقَلْبُهُ مُطْمَئِنٌّ بِالإِيمَانِ وَلَكِن مَّن شَرَحَ بِالْكُفْرِ صَدْرًا فَعَلَيْهِمْ غَضَبٌ مِّنَ اللّهِ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ
Kim iymondan so‘ng Allohga kufr keltirsa, – qalbi iymon ila orom topa turib, zo‘rlanganlar bundan mustasno, – kim ko‘ksini kufrga ochsa, bas, ularga Allohdan g‘azab bor. Ularga buyuk azob bor.
Islom dini yangi kelgan davrda Makka kofirlari oz sonli musulmonlarni misli ko‘rilmagan qiynoqlarga, azob-uqubatlarga soldilar. Kofirlarning bu ishlardan ko‘zlagan birdan-bir maqsadlari mo‘minlarni iymondan qaytarib, yana kofir qilish edi. Ammo musulmonlar bu azoblarga sabr qilish bilan insoniyat tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yoziladigan namunalar ko‘rsatdilar. Mushriklar buyuk sahoba hazrati Bilol roziyallohu anhuni turli yo‘llar bilan azobladilar. Misol uchun, u kishini shiddatli issiq paytida chalqancha yotqizib, ko‘kslariga kun issig‘ida qizib turgan og‘ir xarsang toshlar qo‘yib, yo dindan qaytishni, yoki shu holatda o‘lib ketishni taklif etdilar. Hazrati Bilol esa «Ahad, Ahad» degan so‘zlarni takrorladilar, xolos. Shuningdek, boshqa musulmonlar ham qattiq qiynoqlarga chidadilar. Mushriklar sahobalardan Ammor ibn Yosir roziyallohu anhu va u kishining otalari Yosir roziyallohu anhu hamda onalari Sumayya roziyallohu anholarni ham tutib kelib, dindan qaytarish uchun qattiq azobladilar. Ular azoblarga chidam bilan sabr qilib, iymonlaridan qaytishga ko‘nmadilar. Sumayya roziyallohu anhoning ikki oyoqlarini qoziqqa bog‘lab, avrat joylariga nayza sanchdilar. So‘ngra Ammorning otasi Yosir roziyallohu anhuni ham o‘ldirdilar. Bu ikki ulug‘ inson – eru xotin Islom yo‘lida, iymon uchun birinchi shahidlar bo‘lish sharafiga erishdilar. Ammorning ko‘z o‘ngida ham onasini, ham otasini o‘ldirgan mushriklar uni ham o‘ldirishga qasd qilganlarida, uning og‘zidan kofirlarni rozi etadigan gap chiqdi. Shunda mushriklar uni o‘ldirmadilar. Odamlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: – Ey Allohning Rasuli, Ammor murtad bo‘ldi, – dedilar. Bunga javoban, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: – Yo‘q! Ammor boshidan tovonigacha iymonga to‘liqdir. Iymon uning etiga ham, qoniga ham singib ketgandir, – dedilar. Ammor ibn Yosir roziyallohu anhuning o‘zlari ham yig‘lagan holda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, bo‘lib o‘tgan ishlarni aytib: – Endi nima bo‘ladi? – deb so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishiga: – Qalbingni qanday sezmoqdasan? – dedilar. Ammor roziyallohu anhu: – Iymonga oromli, – dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: – Agar ular takrorlasalar, sen ham takrorlagin, – dedilar. Ana shu hodisadan so‘ng Alloh taolo biz o‘rganayotgan mazkur oyati karimani nozil qildi. Undan ko‘rinib turibdiki, iymondan keyin kufrga qaytib, murtad bo‘lish ulkan gunohdir. Kim iymonga kelganidan so‘ng, Allohga kufr keltirsa, ko‘ksini kufrga ochsa, u Allohning g‘azabi va ulkan azobiga duchor bo‘ladi. Faqat bir toifa odamlargina bundan mustasno bo‘ladilar. «…qalbi iymon ila orom topa turib, zo‘rlanganlar bundan mustasno…» Ammor ibn Yosir roziyallohu anhuga o‘xshab, qalbi iymonga to‘liq bo‘lgani holda, muhaqqaq o‘limdan qutulish uchungina o‘zini iymondan qaytgan qilib ko‘rsatishsa, joiz. Shuningdek, hazrati Bilol roziyallohu anhu kabi, chidab turaversa ham, joiz.(«Tafsiri Hilol» kitobidan). Bundan tashqari o‘z ixtiyori bilan, hazillashib, mazax qilib yoki ta’lim berish maqsadida beparvolik bilan kufr so‘zlarini aytsa, yoki o‘zini musulmon emasligini zikr qilsa, yoki savolingizdagi kabi ochiq-oydin Qur’onga zid bo‘lgan nazariyani ilgari sursa, agarchi (gapiruvchi)uning ziddini e’tiqod qilsa ham nojoiz va haromdir. Ba’zi suratlarda kofir bo‘lish ehtimoli ham bor. “Maa laa budda minhu” nomli fatvo kitobida : Bir kishi qasddan kufr kalimasini aytsayu, lekin unga e’tiqod qilmasa, ba’zi ulamolar “unday kishi kofir bo‘ladi” deganlari keltirilgan. Chunki kufrga rozi bo‘lish, kufrdir. Ba’zilar esa “Kufr e’tiqodga taalluqli bo‘lib, kufrni e’tiqod qilmasa kofir bo‘lmaydi” deganlar. Rashid Ahmad Gangohiy rohmatullohi alayh : “Bir kishi farazan kufr so‘zni so‘zlasayu, lekin unga e’tiqod qilmasada harom va Allohning g‘azabini vojib qiluvchi ishni qilgan bo‘ladi. Masalan : Bir kishi sizni eshak yoki maymun desa, aniqki u sizni eshak emas odam deb e’tiqod qiladi. Shunday bo‘lsada uning tilidan chiqqan so‘z sizni g‘azabingizni qo‘zg‘aydi. Xuddi shuningdek inson chiqayotgan kufr va shikr so‘zlar Allohning g‘azabini qo‘zg‘aydi. Chunki Alloh taolo o‘ta hayoli va G‘ayuur Zotdir” deganlar. وَفِي الْفَتْحِ مَنْ هَزَلَ بِلَفْظِ كُفْرٍ ارْتَدَّ وَإِنْ لَمْ يَعْتَقِدْهُ لِلِاسْتِخْفَافِ فَهُوَ كَكُفْرِ الْعِنَادِ. قال في الشامية تحت قوله (مَنْ هَزَلَ بِلَفْظِ كُفْرٍ) أَيْ تَكَلَّمَ بِهِ بِاخْتِيَارِهِ غَيْرَ قَاصِدٍ مَعْنَاهُ، وَهَذَا لَا يُنَافِي مَا مَرَّ مِنْ أَنَّ الْإِيمَانَ هُوَ التَّصْدِيقُ فَقَطْ أَوْ مَعَ الْإِقْرَارِ لِأَنَّ التَّصْدِيقَ، وَإِنْ كَانَ مَوْجُودًا حَقِيقَةً لَكِنَّهُ زَائِلٌ حُكْمًا لِأَنَّ الشَّارِعَ جَعَلَ بَعْضَ الْمَعَاصِي أَمَارَةً عَلَى عَدَمِ وُجُودِهِ كَالْهَزْلِ الْمَذْكُورِ، وَكَمَا لَوْ سَجَدَ لِصَنَمٍ أَوْ وَضَعَ مُصْحَفًا فِي قَاذُورَةٍ فَإِنَّهُ يَكْفُرُ، وَإِنْ كَانَ مُصَدِّقًا لِأَنَّ ذَلِكَ فِي حُكْمِ التَّكْذِيبِ، كَمَا أَفَادَهُ فِي شَرْحِ الْعَقَائِدِ، وَأَشَارَ إلَى ذَلِكَ بِقَوْلِهِ لِلِاسْتِخْفَافِ، فَإِنَّ فِعْلَ ذَلِكَ اسْتِخْفَافٌ وَاسْتِهَانَةٌ بِالدِّينِ فَهُوَ أَمَارَةُ عَدَمِ التَّصْدِيقِ “Fath”da : “Bir kishi beparvolik qilib, hazil tariqasida kufr so‘zini talaffuz qilsa, murtad bo‘ladi. Garchi uni e’tiqod qilmasada. U qaysarlik qilib kufr keltirgan kishi kabidir. “Roddul muhtor” kitobida : Kim hazillashib kufr so‘zini aytsa – jumlasining ostida, ya’ni kim kufr so‘zini o‘z ixtiyori bilan, ma’nosini qasd qilmasdan aytsa, iymon tasdiq qilishning o‘zginasidir yoki iqror bilan birgalikda – degan narsaga zid ishni qilgan bo‘ladi. Chunki hazillashuvchi kishidan(tasdiq qilish kerak bo‘lgan narsalarni tasdiq qilish) topilsada, hukman uni yo‘q deb e’tiqod qilinadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazillashib kufr so‘zini aytuvchi kishining so‘zi kabi ba’zi bir gunohlarni tasdiqning ziddi – deb e’tiborga olganlar. Bu xuddi (musulmon bo‘la turib), butga sajda qilish, Qur’onni iflos joyga tashlash kabi bo‘ladi. Unday inson iymon keltirib turgan bo‘lsada, kofir bo‘ladi. Chunki qilgan ishi e’tiqodini yolg‘onga chiqaradi. “Sharhi aqoid”da shunday deyilgan. “Engil sanash” degan so‘z ham shunga ishora qilinadi. Chunki bu kabi ishlarni qilish dinni pisand qilmaslik va uni xorlashdir. Bu esa unda tasdiq degan narsani yo‘qligining belgisidir”. (Roddul muhtor). Vallohu a’lam.
27 Aprel 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 188 | Turli savollar