Haqdor vafot etsa

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, onamni aytishlaricha bir ayoldan qarzlari bor ekan, beringlar deb aytdilar. Lekin shunga ulgurmay qoldik, ya’ni o‘sha ayol yaqinda vafot etdi. Endi shu qarzni qanday qilib uzish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu holatda vafot etganning merosxo‘rlariga berish shart. Biriga berilsa boshqasiga aytmasdan ishlatib yuboradigan holat bo‘lsa, boshqalariga ham qarz ado qilinganini bildirib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar