Birovni narsasini ishlatish

Assalomu alaykum! Onamga qo‘ltiq tayoq kerak bo‘ludi. O‘zlari kasalxonada ishlidila. O‘sha ish joyida qo‘ltiq tayoq borakan lekin meni bilishimcha qaysidir bemorniki nechchi kundan beri o‘sha kasalxonada turganakan adashmasam 17 kuncha. O‘sha bemorni qo‘ltiq tayog‘ini onam ishlatsa bo‘ladimi lekin u bemordan so‘ramasdan olgandik. Kecha ishxonasidagi hamkasabalari berudi. O‘sha bemorni telefon raqamini so‘rasam raqami yo‘g‘ekan(roziligini so‘ramoqchi edim) Yana qaytarib joyiga qo‘yamiz insha’Alloh. Baribir birovni narsasini u rozi bo‘masachi endi nima bo‘ladi degan savol kelyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zganing mulkini uning iznisiz ishlatish joiz emas. O‘sha buyumni darhol joyiga qaytaringlar. Egasini topib, ishlatganingiz uchun roziligini ham olinglar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar