Shubhali ijara joyi

Assalomu alaykum! Men ijaraga joy olib, ishlab chiqarish va do‘kon qilib foydalanaman. Menga joyni ijaraga bergan odamni otasi ushbu mulklarni katta amaldor bo‘lgan vaqtida xalol bo‘lmagan yo‘l bilan qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin ekan. Shubxali bo‘lgan ko‘chmas mulkni ijaraga olib ishlatishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha mulk noshar’iy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgani aniq bo‘lsa ijaraga olmang. Agar aniq bo‘lmasa, musulmon borasida yaxshi gumon qilganingiz afzal. Vallohu a’lam!

28 Iyun 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar