Vazifalar

Assalomu alaykum! Men talabaman. Men kursdoshlarimning fanlardan vazifalarini qilib berib pul olsam o‘sha olgan pulim men uchun halolmi? 2 Men qilgan mehnatimga haq olaman. Lekin gunoh qilishdan qo‘rqaman. Shuning uchun ularga sizlarga tushuntiraman vazifani bajarishni o‘zlaring qilinglar desam tushunmayapti. O‘zing qilib beraqol deyapti. Bu vaziyatda qanday qilishim kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Halol emas.2). Siz ularga o‘sha ilmlarni ta’lim bering. O‘zlari harakat qilib echishsin. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar