Qiblani qasd qilib namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Men xozirda G‘arb davlatida xaydovchilik kasbida ishlamoqdaman. Xolat shundayki safarda ko‘p bo‘laman va namozni mashinadan pastga tushib o‘qishlikni imkoni bo‘lmay qoladi, bunga ob-xavo sababli bo‘lishi xam va atrofdagidarni noto‘g‘ri qabul qilishi mumkiligi yoki joylarni pokligiga shubxalanish sabab bo‘lishi ham mumkin. Katta fura mashinasini ichida Qiblani qasd qilib boshqa tarafga qarab, albatta qiyomni tark qilmagan xolda o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiblani qaysi tarafda ekanini bilib, unga yuzlanishga qodir bo‘la turib boshqa tarafga qarab namoz o‘qilsa durust bo‘lmaydi. Qibla bu namozning farzlaridandir. Siz aytib o‘tgan holatlar uzr bo‘la olmaydi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:03 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar