Zakot hisoblash

Assalomu alaykum! Pulimni yig‘ish uchun gap o‘ynagan edim 1000$ dan. Gapga ikki oy pul berdim. Xozir o‘sha bilan xisoblaganda zakot uchun etarli pulim bor. Savolim: zakotni xozirdan xisoblaymi yoki 10 oydan keyin pulni qo‘limga olganimdan keyinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirdan hisoblang. Kelasi yil shu kunda yana nisobdan ortiq pulingiz bo‘lsa, berasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 133 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar