Oydinlik kiritib bering

Bizning zamonda ham ilohiy dars beradigan va oladigan insonlar bormi? Bir insonga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dars beradilar ekan, bu dars ilohiy dars deyilar ekan. Bu darajaga judayam ko‘p zikr qilib yuradigan insonlar sazovar bo‘lar ekan. Shu gaplar islomga to‘g‘ri keldimi? Iltimos ilohiy dars qanday dars tushuntirib bersangizlar bu narsalarga ishonish yoki ishonmaslik kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Sunnatga amal qiluvchi zotlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushlarida tez-tez ziyorat qilishlari va dunyoviy ishlarida ham u zotdan maslahat so‘rab turishlari odatiy hol hisoblanadi. Xususan hadis ilmi olimlari u zot sollallohu alayhi vasallamni tez-tez ziyorat qilib turishlari muhaddislarning o‘z kitoblari va tarjimai hollarida zikr qilingan. Lekin bu narsa sizga zikr qilgan kishilar aytganidek darajada emas.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar